Tafakkur Qoyalari
All Episodes

1. 1.Falsafiy kitoblarni o'qish
27:08||Season 1, Ep. 1Odatda biron gʻayridin mutafakkirning mulohazalari bilan boʻlishsam, dindosh ogʻalarimiz va opa-singillarmizdan izohlar va shaxsiy yozishmada: “Shu gaplar nimaga kerak? Oʻzimizning dindan kifoyalansak boʻlmaydimi?” degan maʼnoda eʼtirozlar kelib turadi. Bir oʻylab koʻrsam, bu umuman toʻgʻri munosabat ekan. Musulmon shaxs xuddi sulton haramini qoʻriqlagandek oʻz ongini ehtiyotda saqlaydi, har bir duch kelayotgan gʻoya-fikrlarga shubha bilan qaraydi, ayniqsa ular tashviqot kayfiyatida boʻlsa. Agar jahonning barcha dinlari, mafkuralariga qarasangiz, tarix mobaynida oʻzlarining kelib chiqish mohiyatidan uzoqlashib ketgani va hatto ziddiga aylanib qolganini koʻrish mumkin. Islom esa oʻzining asl mohiyatini saqlay olgan yoʻldir. Toʻgʻri, asrlar davomida islomiylik yorligʻi ostiga keyin qoʻshilib qolgan anʼanalar, tushunchalar va muassasalar mavjud, ammo ularning ortidan Islomning kelib chiqqanidagi aslini koʻrish umuman olganda qiyin ish emas. Birlamchi manbalarning saqlanishi va ularga boʻlgan ehtiromli munosabat Islomni boshqa yoʻllardan keskin farqini koʻrsatib turadi. Musulmonlarning oʻz tafakkuriga gʻayurlik (rashk) bilan munosabatda boʻlishi asliylikni saqlovchi asosiy omil boʻlsa kerak. Mana shu mavqeda turgan holda, taqdim qilinayotgan oʻzga fikrlarga yana boshqacha nazar bilan ham qarash haqida ham bir oʻylab koʻrsak boʻlardi. Gap shundaki, ular ilmiy nazariyadami, yoki adabiy asarda ifodalanganmi, deyarli barcha falsafiy qarashlarni keltirib chiqaradigan asosiy omil —umuminsoniy iztirobli muammolardir. Ayniqsa, katta adabiy asarlarda qiyin savollar bosimini his qilish mumkin. Eng qadimiy faylasuflardan tortib, bugungi kunning haqiqiy mutafakkirlari bilan tanishsangiz, har bir insonga xos boʻlgan turli tuman kechinmalardan kelib chiqayotganini koʻrish mumkin. Faqat, ular ancha murakkab shaklga kirib, mavhumlik ramzlari bilan, oʻziga xos tilda ifodalangan. Endi bugungi kunimizga qaraylik. Hozirgi insoniyat inqirozlar, iztiroblar, muammolarni xal qilib berishga biz kimni ummatning ishonchli odamlari deb taklif qila olamiz? Ishonchli deganda unga ilm, adolat, xolislik, omonatdorlik sifatlari kiradi. Musulmonlar ixtiyorida nihoyatda boy aqliy va ahloqiy andozalar, yechimlar manbai boʻla turib, nima uchun bugungi insoniyat muammolari ichiga kirishdan tortinishimiz kerak? “Yechim Islomda. Islomga kirsin, oʻshanda topadi”, deb toʻxtab olish qanchalik toʻgʻri? Yechimlarni amaliy va nazariy yoʻsinda taqdim qila olmasak qanday qilib bu odamlar – oddiyidan tortib murakkab mutafakkirigacha Islom va musulmonlarni taniy olsin? Insonlar, jamiyatlar qaysi millat yoki din, qarashlar ichida boʻlmasin, ularning ogʻriqlarini ifodalovchi falsafiy, adabiy, ilmiy bayonda ifodalangan va xatto ifodalanib qolmay turgan muammolariga eʼtibor qaratishimiz vaqti kelmadimi? Biz musulmonlar koʻp oʻzimizning ichki muammolarimiz muhokamasiga berilib qolganmiz. Aslida esa nafaqat oʻzimiz, balki zoʻriqishlar ichida boʻlgan butun insoniyatga rahmat qoʻli boʻlishga urinib koʻrmaymizmi? Bu urinish orqali oʻzimizning ichki dardlarimizni ham aritgan boʻlarmiz balki? Musulmon kishi oʻzgalarning dardiga quloq tutsa: “Bunga Qurʼon va sahih hadisda qanday javob bor ekan?” deb oʻylab izlanish qilsa va topgan yechimini odamlar tili, ongi, tasavvuriga muvofiq taqdim qilsa, daʼvatning ayni zoʻri boʻlmasmidi? Balki shu yondashuv orqali Vasat (yaʼni Oʻrta, Markaz) Ummati degan nomga muvofiq boʻlarmiz?
2. 2.Islomdan oldingi tarix
48:49||Season 1, Ep. 2“Islomdan oldingi Oʻrta Osiyoda kitoblar, sanʼat asarlari, kashfiyotlar boʻlmaganmi? Buyuklarimiz boʻlmaganmi? Davlatchilik boʻlmaganmi?” savollariga javob podkast

4. 4.Xato ziddiyatlar
21:54||Season 1, Ep. 4Xato Ziddiyatlar haqida: Din vs Fan Naql vs Aql илова мақолалар: https://t.me/subnazar/328 https://t.me/subnazar/331 https://t.me/subnazar/330 https://t.me/subnazar/333
5. 5.Tafakkur isyoni. Gilgamesh & Nitsshe
41:20||Season 1, Ep. 5Тафаккур қоялари Подкаст (2) Тафаккур исёни. Гилгамеш ва Ницше. • Ҳаёт мазмуни ҳақида савол қўйиш • Қуллик ахлоқи Vs Қувват соҳиблари • Ахлоққа қарши чиқиш – авом ахлоқининг давоми • Таназзул бошланиши тарихи • Зеҳний касталар ғоясига кириш. 23.12.2021 #tafakkurqoyalari
6. 6.Istaklar jilovi. Bhagavad Gida va Neyro-fan
01:22:58||Season 1, Ep. 6Istaklar jilovi. Bhagavad Gita va Neyro-fan #Tafakkurqoyalari Podkast (3) Birinchi qism 00:00 • Bhagavad Gitaga kirish • Arjuna shubhalariga Krishna javobi • Yoga nima? • Bu nazariyalarni bilishdan murod Ikkinchi qism 58:18 • Neyro-fan xulosalarining oqibati • Ong faoliyatini jilovlash
7. 7. Iztirob Irodasi. Budda va Shopenhauer 1
01:08:37||Season 1, Ep. 7• Mavzuga kirish • O‘q zamoni • Sidharttha Gautamaning Buddaga aylanishi • Iztiroblar Psixologiyasi • Sansaradan Nirvanaga chiqish • Buddizm hozirgi zamonda • Islomiy munosabat • Keyingi mavzuga o‘tish
8. 8. Iztirob Irodasi 2.Budda va Shopenhauer
52:00||Season 1, Ep. 8— Buddaviylik falsafasi haqida — Shopenhauer falsafasi: Tasavvurlar va Iroda — Munosabat — Keyingi mavzu
9. 9. Presokratiklar. Arxe. Fales maktabi va Pifagor.
01:01:51||Season 1, Ep. 9PreSocraticlar. Fales maktabi va Pifagor #Tafakkurqoyalari - Presokratiklar kim? - Fales va uning maktabi - Pifagor 16.01.2022
loading...